Live
3
O'zbek

FIFA JCH-2026da himoyaviy harakatlar bo‘yicha eng yaxshi futbolchini e’lon qildi

Futbol
21 iyul, 02:35
TOP-3dan Ispaniya milliy jamoasi futbolchilari o‘rin egalladi.
FIFA JCH-2026da himoyaviy harakatlar bo‘yicha eng yaxshi futbolchini e’lon qildi
Foto: Getty Images

FIFA statistik ma’lumotlar asosida jahon chempionati-2026ning eng yaxshi futbolchilarini aniqladi.

Musobaqadagi barcha futbolchilar uch kategoriyada — hujum, yaratish va himoya harakatlarida 10 ballik tizimda baholandi.

Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodri, 8.23 ko‘rsatkich bilan himoya reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Qizig‘i shundaki, Rodri turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib, «Oltin to‘p»ga sazovor bo‘ldi — jahon chempionatida barcha sakkizta uchrashuvda ishtirok etdi.

Qayd etish kerak, TOP-3 to‘liqligicha ispaniyalik futbolchilardan tashkil topdi — Pau Kubarsi (7.6) va Pedro Porro (7.59).

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Meksika va Kanadada o‘tgan JCH-2026da tarixda birinchi marta 48 jamoa ishtirok etdi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar