Live
7
O'zbek

De Paul: «Ko‘ryapman, ko‘pchilik mag‘lubiyatimizni kutib yurgan ekan»

Futbol
21 iyul, 09:22
Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi JCH finalidan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi.
De Paul: «Ko‘ryapman, ko‘pchilik mag‘lubiyatimizni kutib yurgan ekan»
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodrigo De Paul jahon chempionati-2026 finalidan keyin his-tuyg‘ularini aks ettiruvchi post qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, mundial finalida argentinaliklar Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

«Eng og‘riqlisi shundaki, biz jahon chempionati kubogini yana mamlakatimizga olib kelolmadik, chunki agar kimdir bu hislarni yana bir bor tuyishga loyiq bo‘lsa, u sizlar edingiz.

Ammo bir necha soat o‘tgach, biz sizning milliy jamoa bilan aloqangiz chegaralari kuboknikidan boshqa darajada ekanligini tushuna boshlaymiz va men bu kabi qiyin pallalarda aynan shundan najot topyapman.

Bugun ko‘rib turibmanki, ko‘pchilik bizning mag‘lubiyatimizni kutib yurgan, faqat argentinaliklar boshdan kechiradiganlarini his qilolmaganliklari alamini qisman kamaytirish maqsadida jahon chempionati davomida asossiz fitnalar tarqatganlar ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Chunki bizning tabassumlarimiz ularni bezovta qiladi, chunki bizning qanday ekanligimiz ularni bezovta qiladi. Biroq biz qilgan hamma narsa, bu milliy jamoamiz libosiga bo‘lgan ishq va muhabbat har narsani yengishini tasdiqladi.

Bu hali uzoq vaqt og‘riq berishda davom etadi, ammo bugun, har qachongidan ham ko‘ra, men argentinalik ekanligimdan faxrlanaman», — deb yozdi De Paul ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, «Inter Mayami» klubi sharafini himoya qilayotgan Rodrigo De Paul milliy jamoa safida mundialning 7 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar