Bugun
30
O'zbek

Rudi Garsiya Belgiya bosh murabbiyligini tark etdi

Futbol
20 iyul, 10:40
«Men Belgiyani jahonning eng kuchli sakkizta jamoasi qatorida qoldiryapman», — deydi mutaxassis.
Rudi Garsiya Belgiya bosh murabbiyligini tark etdi
Foto: Getty Images

Rudi Garsiya Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

Mamlakat Qirollik futbol assotsiatsiyasi (RBFA) 62 yoshli mutaxassis bilan 31 iyulgacha mo'ljallangan shartnomani uzaytirmasligini ma'lum qildi.

Garsiya jamoa boshqaruvini 2025 yil 1 fevral kuni Domeniko Tedeskodan qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida Belgiya 2026 yildagi Jahon chempionatida chorakfinalgacha yetib bordi va ushbu bosqichda Ispaniyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

«RBFA bilan o'tkazilgan muhokamalardan keyin so'nggi 18 oy davomida bosib o'tgan ajoyib yo'limizni davom ettirmaslikka qaror qildik. Men Belgiyani UEFA Millatlar ligasining A divizionida va jahonning eng kuchli sakkizta jamoasi qatorida qoldiryapman.

Biz bilan birga mehnat qilgan ajoyib futbolchilar jamoasiga, sport direktori Vensan Mannartga hamda butun Jahon chempionati davomida qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorlik bildiraman. Belgiyaga avlodlar almashinuvini muvaffaqiyatli davom ettirishda omad tilayman. Bu jarayonni boshlashga hissa qo'shganimdan faxrlanaman»
, — deydi fransiyalik mutaxassis.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar