"Komo" klubi "Fiorentina" hujumchisi Moyze Kenni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda.
Sky Sport Italia xabariga ko'ra, klub vakillari futbolchining atrofidagilar bilan bog'lanib, uning ehtimoliy transferga munosabatini bilishga harakat qilgan. Biroq hozircha "Fiorentina" rahbariyati bilan rasmiy muzokaralar boshlanmagan.
"Komo" klubi o'z tarixida ilk bor Chempionlar ligasida ishtirok etish arafasida turibdi. Shu bois jamoa tarkibini kuchaytirish ustida faol ish olib bormoqda.
Ken 2024 yildan buyon "Fiorentina" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Futbolchining bitimida 62 million yevro miqdorida tovon puli bandi mavjud bo'lgan, ammo u faqat ma'lum muddat davomida va faqat xorij klublari uchun amal qilgan. Hozirda ushbu shart o'z kuchini yo'qotgani sababli, ehtimoliy transfer bo'yicha "Komo" va "Fiorentina" o'rtasida alohida muzokaralar o'tkazilishiga to'g'ri keladi.