Superliganing 13-turi ostonamizda. 21 va 23 iyul kunlari oralig‘ida bir-biridan qiziqarli bo‘lgan 8 ta juftlikka guvoh bo‘lamiz. Kurash yanada jiddiy tus olmoqda va jamoalar osonlikcha taslim bo‘lmoqchi emas.
Mazkur tur oldidan mutaxassis Yo‘rqin Nazarov jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.
21 iyul.
20:00. “Buxoro” - “Bunyodkor”
“Bunyodkor”da hozir inqiroz bo‘layotganini hisobiga va plus yoshlarni o‘ynatayotganini evaziga ko‘proq 3-o‘rinda borayotgan “Buxoro” yaxshi imkoniyatga ega. Bu juftlikda “Buxoro” 1:0 hisobida yutadi”.
20:00. “Paxtakor” - “Xorazm”
“Bu yerda favorit – “Paxtakor”. Chempionlikka kurashayotgan jamoa. Ular o‘z uyida o‘ynashadi. Shu bois o‘z maydonida o‘tadigan uchrashuvda “Xorazm” jamoasini qo‘yib yubormaydi, deb o‘ylayman. Menimcha, hisob 3:1 bo‘ladi”.
20:00. “So‘g‘diyona” - “Neftchi”
“Bu yerda ham kurashga boy o‘yin bo‘ladi. Bu turdagi qiziqarli uchrashuvlardan biriga aylanadi. “So‘g‘diyona” xavfli hududdan chiqib ketishi uchun hamma narsa qilishga tayyor. Buning ustiga uyida o‘ynaydi. “Neftchi” esa chempionlikka kurashayotgan jamoa. Nazarimda, jamoalar 1:1 hisobida durang natijasini qayd etishlari mumkin”.
22 iyul.
20:00. “Mash’al” - “Nasaf”
“Mash’al”da yangi murabbiy ish boshladi va uning boshchiligidagi ilk turda g‘alaba qozonishganiga qaramasdan “Nasaf” raqibini yaxshi biladi. Shuning uchun mening fikrimcha, “Nasaf” 2:0 hisobida g‘alaba qozonadi”.
20:00. “Lokomotiv” - “Andijon”
“Lokomotiv” - “Andijon” o‘yini ham qiziqarli bo‘ladi. “Loko” o‘z maydonida o‘ynaydi. Buning ustiga yangi rekonstruksiya qilingan stadionida birinchi o‘yini bo‘ladi. “Andijon” bo‘lsa, o‘tgan turda uy uchrashuvida yutqazib qo‘ygan. Hozir bor kuchini tashlamasa bo‘lmaydi. Aks holda xavfli hududga yaqinlashib qoladi. Shuning uchun ushbu bellashuv durang – 2:2 natijasi bilan tugaydi, deb o‘ylayman”.
20:00. “Qo‘qon-1912” - OKMK
“Bu ham qiziqarli o‘yin. Aslida hozirgi paytda Superliganing hamma uchrashuvlari qiziqarli bo‘lyapti. Oldingi turda qo‘qonliklar mag‘lubiyatga uchradilar. OKMK esa aksincha “Navbahor”ni yutdi. Lekin qo‘qonliklar xavfli hududga tushib qolishgan. Shu bois bor kuchini tashlamasa bo‘lmaydi. Nazarimda, “Qo‘qon-1912” 1:0 hisobida g‘alaba qozonadi”.
23 iyul.
20:00. “Surxon” - “Dinamo”
“Ushbu qarama-qarshilikda “Dinamo” 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi”.
20:00. “Navbahor” - “Qizilqum”
“Namanganliklar o‘tgan turda OKMKga yutqazib, uch ochko yo‘qotdi. Bu safar “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda imkoniyatni qo‘ldan chiqarib yuborishmasa kerak. Hisob 3:1 “Navbahor” foydasiga”.
“Superliganing hamma uchrashuvlari qiziqarli bo‘lyapti” yoxud Yo‘rqin Nazarov 13-tur oldidan imkoniyatlarni qanday baholadi?
Futbol
21 iyul, 04:39
Mazkur tur oldidan mutaxassis Yo‘rqin Nazarov jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.
Фото: Каттақўрғон ПФК