Bugun
1
O'zbek

Ruslan Jiyanov: "Navbahor"ning yubiley golini urganimdan xursandman

Futbol
19 iyul, 13:40
25 yoshli vinger namanganliklarning O‘zbekiston chempionatidagi 1600-to'pini kiritdi.
Ruslan Jiyanov: "Navbahor"ning yubiley golini urganimdan xursandman
Foto: FC Navbahor

Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – OKMK (2:3) bahsida namanganliklarning yubiley 1600-golini urgan Ruslan Jiyanov klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirdi.

"Navbahor" nafaqat mamlakatimiz, balki Osiyo qit'asi hamda sobiq ittifoq davlatlarida ham taniqli, Superligamizning "Paxtakor" bilan birgalikda ikki muntazam ishtirokchisidan biri, shuningdek, yurtimizning eng sovrindor klublaridan. Jamoaning yubiley goli muallifiga aylanib, "Navbahor" tarixida qolganimdan xursandman.

Yubiley gol borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, uni jamoamizning ajoyib kombinatsiyasidan so‘ng urdim. O‘shanda raqib jarima maydonchasi yaqinida to‘pni jamoadoshim Abbos G‘ulomovdan qabul qilib, jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llab, darvozasini aniq nishonga olgan holda hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldim. Afsuski, bahs yakunida alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradik. Lekin bunga loyiq emasdik.

Endi 23 iyul kuni "Qizilqum"ga qarshi kechadigan bellashuvda g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashish niyatidamiz.

OKMK darvozasiga urg‘an ushbu golim "Navbahor"ning yubiley — 1600-goli ekanligini bilganimdan keyin juda xursand bo‘ldim. Ushbu mavsumda ishqibozlarga quvonch ulashish, ijobiy natijalarni qayd etish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Faqat muxlislar bizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishsa bo‘lgani",
— deya 25 yoshli vingerning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar