«Surxon» klubi yozgi yigʻindan keyingi ilk rasmiy uchrashuvni gʻalaba bilan boshlashga muvaffaq boʻldi. Ayniqsa, safarda «Andijon» maydonidagi ogʻir bellashuvda termizliklar 1:2 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritib, uch ochkoga ega boʻldilar. «Surxon» bosh murabbiyi Anvar Gʻofurov esa matbuot anjumanida qatnashdi.
— «Oson oʻyin boʻlmasligini bilgan edik. Chunki murabbiylar oʻzgarganidan keyin «Andijon»da oʻsish boʻldi. Shunga yarasha tayyorgarlik koʻrgandik. Bizni oʻzimizga yarasha xos va mos oʻyinimiz bor. Shuni taklif qilishga harakat qilgandik, balki oʻyinni har epizodida oʻxshamagan boʻlishi mumkin, lekin yaxshi taraflari koʻp boʻldi, deb oʻylayman. Bu – futbol. Xatosiz hech narsa boʻlmaydi. Kimdir xato qiladi va kimdir bu vaziyatdan foydalanib ketadi.
- Jarohat olib maydonni erta tark etgan Davron Merganovni holati qanday?
- Ozgina miya chayqalashi bor. Chuquroq tahlil qilinganidan keyin bir narsa desa boʻladi.
- Asosiy futbolchilar – Chinedu, Potapov, Ne'matxonov kabi futbolchilarni jamoani tark etishiga sabab nima boʻldi?
- Ular uchun men javob bera olmayman. Har bittasida oʻz fikri bor va qandaydir oʻz istaklari boʻyicha jamoani tark etishdi. Koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻlish, kimdir moliyaviy tarafdan, hammada har xil, ulardan soʻrash kerak. Biz oʻz ishimizni davom ettiramiz. Bizda yosh futbolchilarimiz bor. Nima boʻlishidan qat'i nazar «Surxon» boʻladi, futbolchi keladimi yo ketadimi, buni farqi yoʻq. «Surxon» baribir faoliyatini davom ettiradi.
- Behruz Karimov qaydnomada ham yoʻq edi.
- Behruz Karimov jahon chempionatidan keyin bu yil uning uchun katta «nagruzka» boʻldi. Qishda umuman dam olgani yoʻq. Oʻzini yoshida terma jamoa bilan yigʻinda boʻldi. Keyin U20 termasiga chaqirishdi. Soʻngra U23 termasiga va undan keyin milliy jamoaga jalb qilishdi. Shu bois u umuman dam olgani yoʻq. Unga oʻzini tiklab olish uchun dam berildi. Katta ehtimol bilan xorijga ketadi. Bizni ishimiz jamoadagi bor oʻyinchilar bilan ishlash. Behruzga esa dam berilgan, men buni toʻgʻri tushunaman. U ham odam, robot emas.
- Bir qator yosh futbolchilarni maydonga tushirdingiz. Ularning oʻyinlaridan xulosangiz qanday?
- Albatta, rejalar bor edi. Birinchi boʻlimda darvozabonimiz jarohat olganidan keyin rejalarga biroz oʻzgarishlar kiritildi. Yoshlar tushishdi, xursand boʻlish kerak. Kimdadir debyut. Imkoniyatlar bormi, demak, u toʻgʻri harakat qilyapti. Baribir baho berishga hali erta. Bugungi oʻyin uchun hammasi joyida, butun jamoa yaxshi harakat qildi» — deya Anvar Gʻofurovning soʻzlaridan keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Anvar Gʻofurov: «Behruz Karimov katta ehtimol bilan xorijga ketadi»
Eksklyuziv
18 iyul, 16:05
«Surxon» bosh murabbiyi «Andijon»ga qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
Фото: Tribuna.uz
18.07.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Andijon
1
:
2
Surxon