Superliga 12-tur bahslari davom etmoqda. Bugun ushbu tur o‘yinlari nihoyasiga yetadi. Bizni Navoiy va Andijonda bellashuvlar kutmoqda.
«Qizilqum» klubi «Dinamo»ni qabul qiladi. «Andijon» esa «Surxon» bilan bellashadi. Ikkala bahs ham soat 20:00da start oladi.
Vadim Abramov jamoasi hozirda turnir jadvalida 14-pog‘onada bormoqda. «Oltin izlovchilar» esa 11-o‘rinda. «Andijon» Islom Ahmedov bilan yaxshi natijalar qayd etishda davom etmoqda. «Surxon» esa 12-o‘rinni egallab turibdi.
Superliga. 12-tur
20:00. Qizilqum – Dinamo
20:00. Andijon – Surxon