Live
3
O'zbek

Xart: «Fransiyaga qarshi bahsda Tuxel top murabbiy sifatida o'zini ko'rsatishi kerak»

Futbol
18 iyul, 09:40
Angliyalik sobiq kiper Fransiyaga qarshi bahs oldidan inglizlarning imkoniyatlariga to'xtaldi.
Xart: «Fransiyaga qarshi bahsda Tuxel top murabbiy sifatida o'zini ko'rsatishi kerak»
Фото: Getty Images
18.07.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Angliya Angliya

Angliyalik sobiq darvozabon Jo Xart 2026 yildagi jahon chempionatida 3-o'rin uchun kechadigan bahs haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, bronza medallari uchun Fransiya va Angliya jamoalari kurash olib boradi.

«Ehtimol, bu mazmunsiz o'yin deb aytish oson. Ammo Angliya milliy jamoasi tarkibida bo'lganingda va mamlakatning eng katta sahnada ifoda etgan vaqtingda, maydonga chiqib harakat qilish kerak. Aynan shu yerda Tuxel o'zini top murabbiy va motivator sifatida ko'rsatishi lozim», — deya Xartning so'zlaridan keltiradi The Guardian nashri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar