"Barselona" hujumchisi Ferran Torres katta ehtimol bilan faoliyatini "PSJ" jamoasida davom ettirishi kutilmoqda. Bu haqda Diario Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar ispaniyalik 26 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Kataloniya klubi yozda yangi markaziy hujumchi olib kelishni rejalashtirayotgani sababli Ferran bilan xayrlashishga tayyor. Transfer bo‘yicha muzokaralar JCH-2026dan so‘ng boshlanishi kutilmoqda.
Transfermarkt portali mutaxassislari Torresning bozor qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.
O‘tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 49 o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli pas muallifiga aylandi.