"Barselona" fransuz himoyachisi Jül Kunde boʻyicha tushadigan takliflarni koʻrib chiqishga tayyor. Bu haqda Diario SPORT xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kataloniyaliklar 27 yoshli futbolchini 50–60 million yevro evaziga qoʻyib yuborishga rozi. Himoyachini oʻz safiqa qoʻshib olishni istagan "Bavariya" esa 40 million yevrodan ortiq toʻlashga tayyor emas. "Barselona" rahbariyati ushbu summani yetarli deb hisoblamagan.
Oʻtgan mavsum Kunde barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi. Futbolchining "koʻk-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar moʻljallangan.
Avvalroq "Liverpul" Kunde uchun 80 million yevro taklif qilishga tayyor ekani maʼlum qilingan edi.