«Aston Martin» jamoasining ispaniyalik vakili, Formula-1 poygasi yulduzi Fernando Alonso va «Uilyams» a’zosi Karlos Sayns jahon chempionati-2026 finalida Ispaniya va Argentina milliy jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Bahs 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23:59da start oladi.
«Ayonki, Ispaniya g‘alaba qozonishi kerak, chunki biz futbol o‘ynayapmiz», — dedi Sayns Sky Sports efirida.
— Siz finalda Argentina yoki Angliya bilan o‘ynashni afzal ko‘rardingiz?
— O‘ylashimcha, Angliya kuchliroq jamoa edi, shunday qilib men finalda Angliya bilan duch kelishdan ko‘proq qo‘rqan edim. To‘g‘ri, Argentina bilan o‘yin oson bo‘ladi, deb ayta olmayman, lekin biz Ispaniyada, o‘ylaymanki, Argentina finalga chiqqanidan xursandmiz. Shu holatda imkoniyatiyatlarimiz ko‘proqdek, ammo, boshqa tomondan Angliya finalga haqliroq bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Ammo Messi — bu muammo, — dedi Alonso.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi