«Bavariya» klubining afsonaviy sobiq futbolchisi Lotar Matteus Maykl Olisening «Real»ga ehtimoliy oʻtishi haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
«Shaxsan men uning «Real»da oʻynash istagini toʻgʻri tushunaman. Har bir futbolchi bir kun kelib «qirollik klubi»da toʻp tepishni orzu qiladi. Lekin «Bavariya» bunday masalada hech qanday muzokara olib bormaydi, bu kabi sarlavhalarni koʻrib faqat kulib qoʻyamiz.
Men Olisening kelasi mavsum «Real»da oʻynash ehtimolini deyarli nol deb baholayman. Meningcha, «Bavariya» u bilan shartnomani uzaytiradi va maoshini ham koʻtaradi», — dedi Matteus Bild nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq «Bavariya» Olise uchun kamida 200 million yevro talab qilishi ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi