Live
9
O'zbek

Emiliano Martines: «Raqiblarni biz tanlamadik»

Futbol
18 iyul, 06:40
Argentina milliy jamoasi kiperi JCH-2026 finaliga nisbatan oson yo‘ldan o‘tib borgani haqidagi fikrlarni rad etdi.
Emiliano Martines: «Raqiblarni biz tanlamadik»
Foto: Gettyimages
19.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi darvozaboni Emiliano Martines uning jamoasi mundialda finalgacha oson raqiblarga duch kelgani haqidagi savolga javob berdi. Golkiper musobaqa pley-off ishtirokchilari argentinaliklar istaklariga ko‘ra tuzilmaganini ta’kidlab, barcha o‘yinlar qiyin o‘tganini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy jamoasi 19 iyul kuni JCH-2026 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

«Odamlar raqiblarimiz haqida fikr bildirdi, ammo ularni biz tanlamadik. Misol uchun, Kolumbiya Portugaliyani yutib qo‘ydi, keyin esa Shveysariya Kolumbiyani taslim etdi, yakunda biz Shveysariya bilan uchrashdik. Bu og‘ir bo‘ldi. Har bir bahs o‘ziga yarasha qiyin o‘tdi. Istalgan raqib bilan o‘ynash va vaziyatga moslashish zarur», — deya Martines so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Touchline.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli «Aston Villa» darvozaboni musobaqada 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol qo‘yib yubordi va 2 bor «quruq» o‘yin o‘tkazdi. Martines jahon chempionati-2022 g‘olibi hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar