«Bavariya» rahbariyati vinger Maykl Olise atrofidagi shov-shuvlarga qaramay, uni jamoada saqlab qolmoqchi.
Bild nashri xabar berishicha, Myunxen klubi fransiyalik 24 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan.
Unga ko'ra, Olise yiliga 25 million evrodan ortiq maosh olishi mumkin. Agar bu kelishuv amalga oshsa, fransuz futbolchisi jamoada eng ko'p maosh oluvchi o'yinchilardan biriga aylanadi.
Avvalroq «Real» unga jiddiy taklif bilan chiqayotgani xabar qilingandi. Biroq kelishuv hozirgacha amalga oshgani yo'q.
Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, Maykl Olisenining transfer qiymati 150 million evro atrofida baholanmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi