«Barselona» afsonasi Andres Iniesta JCh-2026 finali oldidan fikr bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, turnirning hal qiluvchi bellashuvida Ispaniya va Argentina oʻzaro toʻqnash keladi.
«Bu har ikki milliy jamoa uchun ogʻir final boʻladi. Ispaniya oʻz oʻyin uslubi orqali Argentinani qiyin ahvolga solib qoʻyishi mumkin. Agar ular buni uddasidan chiqsa, maqsadiga erishishi mumkin. Bir oʻzi final taqdirini hal qilishi ham mumkin. Shu sabab Ispaniya jamoaviy oʻyin uslubi bilan Messiga toʻsiq boʻlishi kerak», — deya Andresning soʻzlaridan iqtibos keltiradi COPE.