Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yildagi jahon chempionati doirasidagi 3-o'rin uchun bahsda Angliyaga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadi. Bu haqda Canal+ xabar berdi.
«Uchranglilar» sardori ushbu bahsda ikki sababga ko'ra ishtirok etishni istamoqda. Birinchisi — yana gol urib, turnirning eng yaxshi to'purari beriladigan «Oltin butsa»ni qo'lga kiritish. Ikkinchisi esa Fransiya milliy jamoasini tark etayotgan bosh murabbiy Didye Deshamga munosib xayrlashuv taqdim etishdir.
Ma'lumot o'rnida, Fransiya va Angliya o'rtasidagi 3-o'rin uchun bahs 18 iyuldan 19 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.
Avvalroq Mbappe Desham uchun eng yaxshi o'yinini ko'rsatishga harakat qilishini aytib o'tgandi.