Bugun
24
O'zbek

Skaloni: "Biz ispaniyaliklarning qanday o'ynashini yaxshi bilamiz"

Futbol
18 iyul, 01:00
Argentina bosh murabbiyi Ispaniya milliy jamoasi haqida gapirib o'tdi.
Skaloni: "Biz ispaniyaliklarning qanday o'ynashini yaxshi bilamiz"
Foto: Getty Images
19.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2026 yildagi jahon chempionati finalidagi raqibi Ispaniya milliy jamoasi haqida gapirib o'tdi.

«Biz Ispaniyani avval ham tahlil qilganmiz, chunki ular bilan mart oyida o'ynashimiz kerak edi. Dekabr oyidan boshlab esa jahon chempionatidagi har bir ehtimoliy raqibimizni o'rgandik. Natijada Ispaniyani boshqa jamoalarga qaraganda ko'proq tahlil qilganimiz yo'q.

Ularni yana boshdan tahlil qilish ham eng to'g'ri yo'l emas. Biz ispaniyaliklarning qanday o'ynashini yaxshi bilamiz va ularning kuchli jihatlari hammaga ma'lum.

Biz ularning eng xavfli tomonlarini zararsizlantirishga harakat qilamiz. Shu bilan birga, o'z o'yinimizni ham raqibga singdirishimiz va aynan shu jamoaga qarshi samarali deb hisoblagan usullardan foydalanishimiz kerak», — dedi Skaloni matbuot anjumanida.

Ma'lumot o'rnida, ikki jamoa 19 iyuldan 20 iyulga o'tar kechasi jahon chempionligi uchun o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Argentina ushbu finalda g'alaba qozonsa, tarixda to'rtinchi marta jahon chempioniga aylanadi. Ispaniya esa o'zining ikkinchi jahon chempionligini qo'lga kiritish uchun maydonga tushadi.

Avvalroq Skaloni Messi qachon faoliyatini tugatishi haqida gapirib o'tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar