Bugun
24
O'zbek

Desham: "E'tiborimizni faqat 3-o'rinni qo'lga kiritishga qaratishimiz kerak"

Futbol
18 iyul, 00:00
Fransiya bosh murabbiyi Angliyaga qarshi 3-o'rin uchun bo'ladigan bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Desham: "E'tiborimizni faqat 3-o'rinni qo'lga kiritishga qaratishimiz kerak"
Foto: Getty Images
18.07.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Angliya Angliya

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 2026-yilgi jahon chempionati doirasidagi Angliyaga qarshi 3-o'rin uchun bo'ladigan bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Biz bor kuchimizni ishga solishimiz va oldimizga qo'yilgan maqsadga erishishimiz kerak. Bu jahon chempionati, o'rtoqlik uchrashuvi emas.

Futbolchilar, murabbiylar shtabi va men ushbu maqsadga erishishga majburmiz. Angliya ham xuddi biz kabi yarimfinalda mag'lub bo'lishni istamagandi. Lekin hozir ikki jamoa ham shu yerda.

E'tiborimizni faqat bitta maqsadga, 3-o'rinni qo'lga kiritishga qaratishimiz kerak. Bilamanki, bu milliy jamoa bosh murabbiyi sifatidagi so'nggi o'yinim bo'ladi. Men hech kimning yig'lashini istamayman. Hayot davom etaveradi», — dedi Desham.

Avvalroq Mbappe Desham uchun ham eng yaxshi o'yinni ko'rsatishga harakat qilish kerakligi haqida gapirib o'tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar