Bugun
24
O'zbek

Messi Yamalni 6 oyligida cho'miltirayotgan surati haqida gapirib o'tdi

Futbol
17 iyul, 23:00
Leo Lamin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Messi Yamalni 6 oyligida cho'miltirayotgan surati haqida gapirib o'tdi
Foto: Yahoo Sports
19.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Men Yamalni 6 oyligida cho'miltirayotgan suratmi? Endi finalda unga qarshi maydonga tushishim — men uchun aqlbovar qilmaydigan holat.

Hozir u dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. «Barselona» juda omadli. Yamal uchun yaxshi bo'lgan narsa — bizning «Barselona»miz uchun ham yaxshi.

Lamin — ajoyib futbolchi. U «Barselona»da o'ynagani uchun o'yinlarini e'tibor bilan kuzatib boraman. Men har doim unga eng yaxshi tilaklarni tilayman. Lekin finalda Yamal o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsata olmasligi uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Biroq faqat Yamalni to'xtatishning o'zi yetarli emas. Ispaniyada boshqa kuchli futbolchilar ham bor va ularning o'z uslubi mavjud. Shunga qaramay, bizning ham o'z ustunliklarimiz bor», — dedi Messi The Touchline nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot o'rnida, Ispaniya va Argentina 19 iyuldan 20 iyulga o'tar kechasi 2026 yildagi jahon chempionati finalida jahon kubogi uchun o'zaro bahs olib boradi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

70+ izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar