Bugun
24
O'zbek

Tuxel: "Argentinaga qarshi o'yinda qabul qilgan qarorlarimdan afsuslanmayman"

Futbol
18 iyul, 00:30
Angliya bosh murabbiyi yarimfinal doirasidagi bahsda qo'llagan taktik qarorlari haqida fikr bildirdi.
Tuxel: "Argentinaga qarshi o'yinda qabul qilgan qarorlarimdan afsuslanmayman"
Foto: Getty Images
18.07.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026 yildagi jahon chempionati yarimfinal bosqichi doirasidagi Argentinaga qarshi kechgan bahsdagi (1:2) almashtirishlar va taktik qarorlari haqida fikr bildirdi.

«Agar kimdir aybni o'z zimmasiga olishi kerak bo'lsa, men buni qilishga tayyorman. Agar shunday kelishuvni imzolash kerak bo'lsa, roziman.

Men qabul qilgan qarorlarimdan afsuslanmayman. Jamoa uchun nimanidir o'zgartirish kerakligini his qildim.

Qarorni ichki tuyg'ularimga, intuitsiyamga, tajribamga tayanib qabul qildim. Buning barchasini jamoaga yordam berish va natijaga erishish uchun qildim.

Boshqacha almashtirish yoki boshqa taktik o'zgarish qanday natija bergan bo'lardi — buni hech kim bilmaydi», — dedi Tuxel Fransiyaga qarshi 3-o'rin uchun o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar