Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026 yildagi jahon chempionati finali ishtirokchilariga birinchi va ikkinchi bo'limlar orasidagi tanaffus 17 daqiqa davom etishini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, tanaffusning 11 daqiqasi Madonna, Shakira va Jastin Biber ishtirokidagi musiqiy shouga ajratiladi. Qolgan vaqt sahnani o'rnatish va yig'ishtirish, shuningdek, maydon chimini sug'orish ishlariga sarflanadi.
Ma'lumot o'rnida, 2026 yildagi jahon chempionati finalida Argentina va Ispaniya milliy jamoalari o'zaro to'qnash keladi. Uchrashuv 19 iyuldan 20 iyulga o'tar kechasi Nyu-Yorkdagi «MetLife» stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Avvalroq mundial finali va 3-o'rin uchun o'yinga hakamlar tayinlangani ma'lum qilingan edi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi