Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026 yilgi jahon chempionati finali doirasidagi Argentinaga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Finalga chiqishning o‘zi katta sharaf. Agar har yili jahon chempionati finaligacha yetib borish imkoni bo‘lsa, hatto unda mag‘lub bo‘lish hisobiga ham bunga rozi bo‘lardim. Lekin biz g‘alaba uchun kurashmoqchimiz.
Bu lahzadan zavq olishni istaymiz. Oldimizda ajoyib yo‘l bosib o‘tgan juda kuchli raqib turibdi.
Bu haqiqiy futbol bayrami bo‘ladi. Bir-biriga ko‘p jihatdan o‘xshash ikki buyuk jamoa maydonga chiqadi.
Har birimiz o‘yinni o‘zimizga qulay yo‘nalishga burishga harakat qilamiz. Hakimlar tomoshabop o‘yinga yordam berish uchun shu yerda. Biz esa ularga yordam berishimiz kerak.
Men faqat hozir mehmonxonaga vertolyotda qaytishimiz kerakligi uchungina hayajondaman. Meni haqiqatan ham shu narsa asabiylashtiradi. Biz faqat shu onlardan zavq olishni istaymiz», — dedi de la Fuente.
Avvalroq Rodri Argentina faqat Messidan iborat emasligi haqida gapirib o‘tgan edi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi