«Tottenhem» himoyachisi Kristian Romero yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, «taqachilar» 28 yoshli argentinalik futbolchini sotishga tayyor va u uchun 59 million yevro talab qilmoqda. Shu bilan birga, Romeronin tez-tez jarohat olishi sabab klub uni taxminan 47 million yevro atrofidagi mablag' evaziga ham qo'yib yuborishi mumkin.
Hozirda himoyachiga «Inter», «Real», «Barselona» va «Atletiko» qiziqish bildirmoqda. O'tgan mavsum Romero barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi.
Futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Avvalroq Kristian APLda chetlatilishlar bo'yicha antirekord o'rnatgani ma'lum qilingandi.