Live
1
O'zbek

Pedro Porro «Real»ga o'tishni xohlamoqda

Futbol
15 iyul, 12:34
Biroq Madrid klubi ispaniyalik himoyachiga qiziqish bildirmadi.
Pedro Porro «Real»ga o'tishni xohlamoqda
Foto: Getty Images

«Tottenhem» klubi va Ispaniya milliy jamoasi himoyachisi Pedro Porro faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishni istagan. Bu haqda jurnalist Mario Kortegana xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasida «qirollik klubi»ga o'tishni juda xohlagan. Ammo u Madrid klubi uning transferiga qiziqmasligini ham tushunib turgan. Oxir-oqibat, «Real» haqiqatan ham Porroni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmadi.

Pedro Porro 2023 yilda «Sporting»dan 40 million yevro evaziga «Tottenhem»ga ko'chib o'tgan. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi.

2025/26 yilgi mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portali Porroning transfer qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar