Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodri Jahon chempionati yarimfinalidan o‘rin olgan Fransiyaga (2:0) qarshi bahsda 67 ta uzatmani amalga oshirdi va ularning 86,6 foizi aniq chiqdi.
Umuman "Manchester Siti" futbolchisining JCH-2026 turniridagi aniq uzatmalari soni 655 taga etdi. Bu — 1966 yildan beri, ya’ni statistika yuritila boshlanganidan buyon mundiallar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich.
Ma’lumot uchun, Ispaniya 2026 yilgi Jahon chempionati finalida 19 iyul kuni Angliya — Argentina juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
Rodri aniq uzatmalar soni bo‘yicha Jahon chempionati rekordini o‘rnatdi
Futbol
15 iyul, 13:30
Ispaniya yarimhimoyachisi statistika yuritila boshlangan 1966 yildan buyon eng yaxshi natijani qayd etdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi