Live
1
O'zbek

Qiziqarli statistika: Angliya «A» harfi bilan boshlanuvchi milliy jamoalarga 22 o'yindan beri yutqazmayapti

Futbol
15 iyul, 15:14
Yarimfinalda ushbu seriya Argentina bilan bahsda sinovdan o'tadi.
Qiziqarli statistika: Angliya «A» harfi bilan boshlanuvchi milliy jamoalarga 22 o'yindan beri yutqazmayapti
Foto: Getty Images
90’+9 Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 1 : 2 Argentina Argentina

JCH-2026 yarimfinali oldidan Angliya bilan bog'liq qiziqarli statistika e'lon qilindi.

«Angliyskiy Aktsent» ma'lumotiga ko'ra, inglizlar nomi «A» harfi bilan boshlanuvchi terma jamoalarga qarshi o'tkazgan so'nggi 22 ta uchrashuvning birortasida ham mag'lub bo'lmagan.

Bundan tashqari, Angliya bunday raqiblarga qarshi so'nggi 17 ta o'yinda atigi 1 ta gol o'tkazib yuborgan.

Albatta, bugungi raqib avvalgilardan ancha kuchli. Angliya bu safar JCH-2026 yarimfinalida amaldagi jahon chempioni Argentina bilan to'qnash kelmoqda.

Mazkur bahs g'olibi turnir finalida Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mag'lub bo'lgan jamoa esa uchinchi o'rin uchun Fransiyaga qarshi bahs olib boradi.

Bugungi yangiliklar