Live
1
O'zbek

«Galatasaroy» «Chelsi» sobiq yarimhimoyachisini ijaraga oldi

Futbol
15 iyul, 15:40
Lesli Ugochukvu mavsumni Turkiya chempioni safida o'tkazadi.
«Galatasaroy» «Chelsi» sobiq yarimhimoyachisini ijaraga oldi
Foto: Getty Images

«Galatasaroy» fransiyalik yarimhimoyachi Lesli Ugochukvu transferini rasman e'lon qildi.

22 yoshli futbolchi «Byornli»dan 3,5 million yevro evaziga ijara asosida Istanbul klubiga ko'chib o'tdi.

Ugochukvu «Renn» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023 yilda 27 million yevro evaziga «Chelsi»ga transfer qilingan. 2024/25 yilgi mavsumni ijara asosida «Sautgempton»da o'tkazgan, 2025 yilda esa «Chelsi»ni butunlay tark etib, «Byornli» safiga qo'shilgan edi.

Eslatib o'tamiz, «Galatasaroy» o'tgan mavsum Turkiya chempioniga aylangan va yangi mavsumda UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etadi. «Byornli» esa Angliya Premyer-ligasidan tushib ketgani sababli 2026/27 yilgi mavsumni Chempionshipda o'tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
Bugungi yangiliklar