Live
1
O'zbek

JCh-2026. Yarimfinal: Angliya – Argentina. Live

Futbol
15 iyul, 14:55
Yarimfinal bosqichidan o'rin olgan bellashuv boshlandi.
JCh-2026. Yarimfinal: Angliya – Argentina. Live
Foto: Getty Images
90’+6 Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 1 : 2 Argentina Argentina

Jahon chempionatining yarimfinal bosqichida Angliya va Argentina milliy jamoalari o'zaro bahs olib boradi.

Eslatib o'tamiz, Angliya chorakfinalda Norvegiyani 2:1 hisobida mag'lub etib, yarimfinalga yo'l olgan. Argentina esa Shveysariyani 3:1 hisobida taslim qilib, kuchli to'rtlikdan joy olgandi. Ushbu yarimfinalning g'olibi finalda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

JCh-2026. Yarimfinal
Angliya – Argentina

16 iyul. 00:00

Angliya: Pikford, Jeyms, Gehi, Spens, Stounz, Rays, Anderson, Bellinghem, Saka, Gordon, Keyn.
Argentina: Emiliano Martinez, Molina, Romero, Lisandro Martinez, Talyafiko, Paredes, Mak Allister, Fernandes, Simeone, Messi, Alvares.

01' O'yin boshlandi!

Angliya milliy jamoasi sardori Harri Keyn Argentina bilan JCh-2026 yarimfinalida maydonga tushib, milliy jamoa safidagi 121-o'yinini o'tkazmoqda. Shu tariqa, 32 yoshli hujumchi o'yinlar soni bo'yicha Ueyn Runini ortda qoldirib, Angliya milliy jamoasi tarixida maydon futbolchilari orasida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi.

Umumiy ro'yxatda esa Keyn ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Mutlaq rekord hali ham sobiq darvozabon Piter Shiltonga tegishli bo'lib, u Angliya safida 125 ta uchrashuv o'tkazgan. Keyn ushbu rekordni yangilash uchun yana 4 ta o'yin o'tkazishi kerak.

Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi JCh-2026 yarimfinalida Angliyaga qarshi bahs orqali Jahon chempionatlaridagi 33-o'yinini o'tkazmoqda.

39 yoshli hujumchi Argentina milliy jamoasining asosiy tarkibidan joy oldi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng Messi mundiallar tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi sifatidagi rekordini yanada yaxshilaydi.

Ma'lumot uchun, Leoning eng yaqin ta'qibchisi Krishtianu Ronaldu hisobida 27 ta o'tkazilgan o'yin bor.

45+2. 1-bo'lim nihoyasiga yetdi. Hozircha muxlislar o'yinda gol ko'rishmadi

Angliya va Argentina birinchi bo'limda atigi 0,08 xG qayd etdi!

Go'yoki maydonda ispan jamoalari, deylik «Valensiya» bilan «Atletiko» o'ynayotgandek

55' GOL! Angliyaliklarning yosh iqtidor egasi Gordon bellashuvda hisobni ochdi!

69' Pikford inglizlarni muqarrar goldan qutqarib qolmoqda!

75' Mak Allister darvoza ustunini nishonga oldi


86' GOL! 86-daqiqada Enzo Fernandes hisobni tenglashtirmoqda. Argentina oxirigacha kurashishga intildi, ketma-ket hujumlar amalga oshirdi va nihoyat o'z golini ham urib ketmoqda

90+2' АРГЕНТИНАААААААААААА!!! Мана сизга ҳақиқий характер! 90+2-дақиқада Лаутаро Жанубий Америкаликларнинг супер камбекига ҳисса қўшмоқда

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

50+ izoh +51 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar