Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi vakili Otabek Ahadov faoliyatini Koreya Respublikasining «Busan Ay-Park» klubida davom ettiradi.
«O‘zbekistonlik iste’dodli himoyachi faoliyatini Koreya Respublikasi chempionatida davom ettiradi. Futbolchimizga yangi jamoasi safida omad va zafarlar tilaymiz!», - deyiladi xabarda.
O‘zbekiston Superligasi ushbu mavsumida himoyachi klub safida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, ularni to‘liq o‘tkazdi va 1 ta sariq kartochka ishlab oldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi