Shvetsiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich JCH-2026 yarimfinalida bo'lib o'tadigan Angliya — Argentina uchrashuvi oldidan qiziqarli fikr bildirdi.
«Angliya allaqachon «Xudoning qo'li»ni ko'rgan. Bu safar esa ular «Xudoning chap oyog'i»ni ko'rishadi», — dedi Ibrahimovich ESPNga.
Zlatan bu so'zlari bilan 1986 yilgi Jahon chempionatida Diego Maradona Angliya darvozasiga qo'li bilan urgan mashhur golga ishora qildi. O'sha bahsdan keyin argentinalik afsona ushbu golni «Xudoning qo'li» yordamida urganini aytgan edi.
Eslatib o'tamiz, Angliya va Argentina o'rtasidagi JCH-2026 yarimfinal uchrashuvi bugun AQSHning Atlanta shahridagi «Mercedes-Benz Stedium»da bo'lib o'tadi. Bahsni amerikalik hakam Ismoil Elfat boshqaradi.