Maykl Olise shu yozda "Real"ga o'tishni xohlamoqda.
"Bavariya" vingeri Madrid klubida uning yanada rivojlanishi va faoliyatida keyingi qadamni tashlashi uchun barcha zarur sharoitlar bor, deb hisoblamoqda. Bu haqda Foot Mercato xabar berdi.
"Real" ham futbolchining istagidan xabardor va rekord qiymatli transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Myunxenliklar rahbariyati esa 24 yoshli Olise bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda, ammo "istisno darajasidagi" taklif kelib tushganda uning ketishi mumkinligini tushunishmoqda. Shu sababli "Bavariya" Mayklga o'rinbosar bo'lishi mumkin bo'lgan bir necha futbolchilar bilan aloqaga chiqdi. Ular orasida hujumchisi Bredli Barkolya ham bor.
Olise Jahon chempionati yakunlanganidan keyin klubi rahbarlari bilan vaziyatni muhokama qiladi. Hujumkor futbolchining transferi uchun "Bavariya" kamida 200 million yevro talab qilishi mumkin.
Maykl o'tgan mavsumda Bundesligada 32 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urgangan va 19 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Olise "Real"ga o'tmoqchi. U tez orada "Bavariya" rahbariyati bilan uchrashadi
Futbol
15 iyul, 13:50
Myunxen klubi 24 yoshli vinger uchun qancha talab qilishi ma'lum.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi