25 yoshli niderlandiyalik yarimhimoyachi Kvinten Timber Angliya Premyer-ligasida «Kristal Pelas» safida to‘p tepadi. Timber London klubi bilan 2031-yil iyunigacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, «Kristal Pelas» futbolchi uchun «Marsel»ga 20 mln yevro to‘lagan.
Kvinten Timber «Arsenal» himoyachisi Yurriyen Timberning egizak ukasi hisoblanadi.
Ma;lumot uchun, Timber 2025/26 yilgi mavsumda Fransiya chempionatida «Marsel» safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta sariq kartochka oldi. U ushbu bahslarda gol yoki golli uzatma qayd etmadi.