Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni atrofdan bo'layotgan tanqidlar haqida fikr bildirdi.
"Argentina odamlar aytgandek yomon o'ynamayapti. Yarimfinalga chiqish uchun qattiq mehnat qildik. Buning uchun futbolchilardan minnatdorman. Chunki ular bizni uchta titulga olib chiqishdi va yana yarimfinaldamiz. Albatta finalga chiqishni istaymiz. Bunga yana bir qadam qoldi. Unga erishish uchun bor kuchimizni sarflaymiz", — dedi Skaloni.
Eslatib o'tamiz, Argentina va Angliya bellashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:59da start oladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi