Live
5
O'zbek

Tuxel: «Angliyada Argentinaga qarshi kurashish uchun sabr va xarakter bor»

Futbol
15 iyul, 14:00
«Uch sherlar» bosh murabbiyi yarimfinal oldidan raqibning kuchli tomonlarini e'tirof etdi.
Tuxel: «Angliyada Argentinaga qarshi kurashish uchun sabr va xarakter bor»
Foto: Getty Images
44’ Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 0 : 0 Argentina Argentina

Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCH-2026 yarimfinalida Argentinaga qarshi uchrashuv oldidan raqib haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Argentina milliy jamoasining ayrim futbolchilarini yaxshi bilaman, ba'zilari bilan birga ishlaganman. Buni his qilish mumkin va maydonda ham ko'rinib turibdi. Ularning ustun tomonlari bor. Gol o'tkazib yuborganida yoki o'yin qiyinlashganida ham ular sarosimaga tushmaydi. Ularni mag'lub etish juda qiyin. Bu haqiqat. Ular to'rt yil avvalgi jamoaga juda o'xshaydi.

Jamoaning jipsligini, maqsad yo'lida qanday qurbonliklarga tayyorligini ko'rish mumkin. Ular o'z uslubiga sodiq qoladi va his-tuyg'ular bilan o'ynaydi. Qatar mundialida ham shunday edi, hozir ham shunday. Ularni o'sha murabbiy boshqarmoqda.

Albatta, tarix ham ular uchun katta ahamiyatga ega va bu ularga qo'shimcha motivatsiya beradi. Biz buni yaxshi tushunamiz va bunga tayyormiz.

Ammo biz ham hissiyotlarga boy jamoamiz. Angliyada Argentinaga qarshi kurashish uchun yetarlicha sabr, xarakter va iroda bor. Biz bu bahsga tayyormiz», — dedi Tuxel.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 yarimfinalidagi Angliya — Argentina uchrashuvi bugun bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar