Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rayan Sherki JCH-2026 yarimfinalidan o'rin olgan Ispaniya (0:2) bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
«Bu juda og'ir. Bizda bu yo'lni oxirigacha bosib o'tish uchun barcha imkoniyatlar bor edi.
Rostini aytsam, har bir jamoa bizdan qo'rqardi. Va bizni mag'lub etgan yagona jamoa — o'zimiz bo'ldik. Biz o'z-o'zimizni yengdik... Hakmlar tufayli ham emas, Ispaniya tufayli ham emas. Texnik va taktik jihatdan mag'lub bo'ldik. Biz o'zimiz qodir bo'lgan darajada o'ynamadik.
Ispaniyaliklar futbol o'ynashni qanchalik yoqtirishsa, shunday o'ynashdi. Biz esa bunday qilolmadik. Endi buning uchun tovon to'laymiz».
Fransuzlarning xatolari sabablari haqida
«Menimcha, bu xatolar raqib bilan bog'liq emasdi — ular aqldan ozdiradigan darajada bosim o'tkazishmadi, butun maydon bo'ylab pressing ham qilishmadi. Ba'zi paytlarda bizda o'ynash, yangi narsa yaratish, o'ng yoki chap tomonga o'tish, markazga qaytish va himoyadan paslar orqali chiqish uchun vaqt bor edi. Menimcha, biz his-tuyg'ularimizni boshqarishda yaxshi ishlay olmadik».
Hakmlik haqida
«Nimani xohlasangiz, gapirishingiz mumkin... Ammo ular shunchaki bizdan agressivroq va aqlliroq edi. Hakm o'z vazifasini yuqori darajada bajarmadi, lekin bu hech narsani o'zgartirmaydi... Hakmni ayblab bo'lmaydi: u bizdan golni olib qo'ygani yo'q», — deya Sherkining so'zlarini keltiradi L'Equipe.
Sherki: «Hamma bizdan qo'rqardi. O'zimizga yutqazdik. Texnik va taktik tomondan mag'lub bo'ldik»
Futbol
15 iyul, 15:10
Fransiya yarimhimoyachisi JCH yarimfinalidagi mag'lubiyatdan so'ng jamoasining xatolarini aytdi.
Foto: Getty Images
14.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Fransiya
0
:
2
Ispaniya