Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniyaga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
«Biz taktik, texnik va umumiy o'yin darajasi nuqtayi nazaridan o'zimiz xohlagan o'yinni namoyish eta olmadik. Jahon chempionati yarimfinalida o'z vazifangni to'g'ri bajarmasang, g'alaba qozona olmaysan. Asosiy maqsadimiz raqibni oldinga o'tib pressing qilish va ularning sekin, nazoratli o'yin ritmiga tushib qolishiga yo'l qo'ymaslik edi, chunki o'yinni nazorat qilishda ular bizdan ancha kuchliroq. Ammo buni uddalay olmadik.
Aslida finalga chiqish va tarix yaratish bizning eng katta maqsadimiz edi. G'alabani qanday qabul qilsak, mag'lubiyatni ham shunday, boshni baland ko'targan holda qabul qilish lozim. Hozir butun jamoa juda tushkun holatda, yigitlarning hafsalasi pir bo'lganini so'z bilan ta'riflab berish qiyin. Biroq, o'zimizni qo'lga olib, ta'tilga chiqishimiz va faoliyatimizning keyingi sahifasini ochishimiz kerak. Futbol hech kimni kutib turmaydi. Barchasini boshidan boshlab, bu mag'lubiyatni ortda qoldirishimiz va undan to'g'ri xulosa chiqarishimiz shart», - deya Mbappening so'zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi