Fransiya milliy jamoasi Ispaniyaga qarshi oʻyinda kutilgan gollar (xG) boʻyicha atigi 0,3 koʻrsatkich qayd etdi.
Didier Desham boshchiligidagi jamoa 2026 yilgi Jahon chempionati yarimfinalida 0:2 hisobida magʻlub boʻldi.
Fransuzlar raqib darvozasi tomon 8 ta zarba yoʻllashdi, ulardan faqat 2 tasi aniq chiqdi. Har ikki aniq zarba ham ikkinchi boʻlimda amalga oshirildi.
0,3 xG — Fransiya milliy jamoasining 1966 yildan buyon, Jahon chempionatlari statistikasi yuritila boshlangandan beri musobaqadagi eng past kutilgan gollar koʻrsatkichidir.
Fransiya Ispaniya bilan oʻyinda xG boʻyicha Jahon chempionatlaridagi antirekordini qayd etdi
Futbol
15 iyul, 11:50
Desham jamoasi bellashuvda atigi 2 ta aniq zarba yoʻlladi.
Foto: Getty Images
14.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Fransiya
0
:
2
Ispaniya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi