Ispaniya milliy jamoasi Jahon chempionati-2026 yarimfinalida Frantsiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Natijada «Barselona»ning ispan vingeri Lamin Yamalning «Real» Kilian Mbappe ustidan klublar va milliy jamoalar miqyosidagi g‘alabalari 9 taga yetdi. O‘zaro 11 to‘qnashuvning faqat ikkitasi fransiyalik futbolchi ustun kelgan.
O‘zaro bahslarda Yamal 9 ta samarali harakat (6 ta gol va 3 ta golli uzatma) amalga oshirgan bo‘lsa, Mbappe hisobida esa 11 ta samarali harakat (9 ta gol va 2 ta golli uzatma) mavjud.
Ma'lumot uchun, Ispaniya 19 iyul kungi mundial finalida Angliya — Argentina juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
Yamal Mbappega qarshi 11 to‘qnashuvning 9 tasida g‘alaba qozondi
Futbol
15 iyul, 10:00
O‘zaro o‘yinlardagi gol+assistlar esa fransiyalik forwardda ko‘proq.
Foto: Getty Images
14.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Fransiya
0
:
2
Ispaniya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi