Live
1
O'zbek

De la Fuente — jahon va Yevropa chempionatlaridagi dastlabki 14 o‘yinida yutqazmagan birinchi murabbiy

Futbol
15 iyul, 12:25
Ispanlar ustozi bu borada van Gal va Jakeni ortda qoldirdi.
De la Fuente — jahon va Yevropa chempionatlaridagi dastlabki 14 o‘yinida yutqazmagan birinchi murabbiy
Foto: Getty Images
14.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 0 : 2 Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi yarim finalda Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, 2026 yildagi Jahon chempionati finaliga yo‘l oldi.

«Qizil furiya» ustozi Luis de la Fuente esa jahon va Yevropa chempionatlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 14 ta o‘yinga yetkazdi.

65 yoshli mutaxassis rahbarligida jamoa Yevro-2024da g‘olib chiqqandi, JCH-2026da finalga yo‘l oldi. Bu davrda ispaniyaliklar 13 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etishdi.

De la Fuente Jahon chempionati va Yevropa chempionatining final bosqichlaridagi dastlabki 14 ta o‘yinida mag‘lubiyatga uchramagan birinchi Yevropa jamoasi murabbiyi bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinni quyidagi murabbiylar bo‘lishib turibdi:

Eme Jake (Fransiya) — 12 ta o‘yin, Yevro-1996 va JCH-1998da (penaltilar seriyasi bilan yakunlangan o‘yinlar durang sifatida hisoblangan);

Lui van Gal (Niderlandiya) — 12 ta o‘yin, JCH-2014 va JCH-2022 (penaltilar seriyasi bilan yakunlangan o‘yinlar durang sifatida hisoblangan).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar