«Chikago Fayr»ning yangi hujumchisi Robert Levandovski nima sababdan MLSni tanlagani va Yevropada qolmagani haqida gapirdi.
«Nega Yevropani tark etdim? Chunki o'zimni «Barselona»dan boshqa hech bir Yevropa klubida tasavvur qila olmasdim», — dedi Levandovski matbuot anjumanida.
Polshalik hujumchi «Chikago Fayr» safiga erkin agent sifatida qo'shildi. U AQSH klubi bilan 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, Levandovski 2022–2026 yillar davomida «Barselona» safida to'p tepdi. U kataloniyaliklar libosida barcha musobaqalarda 193 ta uchrashuv o'tkazib, 120 ta gol va 24 ta assist muallifiga aylandi.