«Manchester Yunayted»ning afsonaviy sobiq hujumchisi Duayt York klubga «PSJ» futbolchilaridan Bredli Barkola yoki Dezire Dueni transfer qilishni tavsiya etdi.
GOAL nashriga bergan intervyusida York bu ikki futbolchidan biri «Old Trafford» jamoasi uchun ideal variant bo'lishini aytdi.
«Agar men Maykl Kerrikning o'rnida bo'lganimda, Barkola yoki Duedan birini albatta sotib olardim. Hammasi juda oddiy. Ularning ikkalasi ham chap qanotda, o'ng qanotda yoki hujumning istalgan nuqtasida o'ynay oladi.
Agar Markus Reshford jamoada qolishni istamasa va uning kelajagi noaniq bo'lsa, unda Due yoki Barkolani olib kelish kerak. Aynan shu ikki futbolchi «Manchester Yunayted» uchun eng to'g'ri tanlov.
Agar kuchli hujumchilar va natija bera oladigan futbolchilar kerak bo'lsa, aynan ulardan birini transfer qilish lozim», — dedi York Goal nashriga.
Ma'lumot uchun, Bredli Barkola va Dezire Due JCH-2026da Fransiya milliy jamoasi safida ishtirok etmoqda. Har ikki futbolchi «PSJ»ning asosiy tarkibi uchun kurash olib bormoqda va Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari qiziqish doirasiga tushgan.