Live
1
O'zbek

Rasman: Karl Darlou — «Manchester Yunayted» futbolchisi

Futbol
14 iyul, 10:41
«Manchester Yunayted» Uels milliy jamoasi kiperi bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
Rasman: Karl Darlou — «Manchester Yunayted» futbolchisi
Foto: Manchester United FC

Uels milliy jamoasi darvozaboni Karl Darlou «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati. 35 yoshli golkiperning shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi va yana 1-yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Darlou professional darajada 279 o‘yinda ishtirok etgan va ulardan 74 tasi — Premer-ligaga to‘g‘ri keladi. O‘tgan mavsum u «Lids Yunayted» asosiy darvozaboni sifatida harakat qildi va 5 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.

«Men «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolaganimdan g‘ururlanaman. Ajoyib darvozabonlar guruhiga qo‘shilyapman va bu klub talab qiladigan yuqori darajani ushlab turish uchun yelkama-yelka mashg‘ulotlarda qatnashishimizni o‘zgacha ishtiyoq bilan kutyapman.

Bu chinakamiga o‘zgacha imkoniyat. Klub uchun hayajonli davr boshlanayotganini barcha ko‘rib turibdi va men bu jarayonga o‘z hissamni qo‘shishni istayman. Jamoadoshlarimni qo‘llab-quvvatlab, maqsadlarga yetishda ko‘maklashishni niyat qilganman», — deya Darlou so‘zlaridan iqtibos keltirdi klub rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar