Turkiyaning «Beshiktosh» klubi o‘zining rasmiy sahifalari orqali 31 yoshli futbolchi bilan bitim imzolaganini e’lon qildi. Tomonlar uch mavsumlik hamkorlik borasida kelishib olishgan. Shuningdek, shartnoma muddati avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Avvalroq «Arsenal» Trossard transferidan taxminan 18 million yevro pul ishlab olishi aytilgandi. Londonliklar safida futbolchi 2023-yildan buyon harakat qilib kelayotgan edi.
O‘tgan mavsum Trossard «Arsenal» bilan uzoq kutilgan APL oltin medallariga ega chiqdi. Umumiy hisobda 2025/25-yilgi mavsum u 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma yetkazib berdi.