«Beshiktosh» «Arsenal» vingeri Leandro Trossar transferini yaqin kunlarda yakunlashiga ishonmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klublar o'rtasida 20 million yevrolik umumiy paket bo'yicha kelishuvga erishilgan. Ushbu ma'lumotni «Arsenal» ham tasdiqlagan.
Qayd etilishicha, Trossarga 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma hamda uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati taklif etilgan.
Hozircha transfer yakunlanishi uchun faqat Leandro Trossarning yakuniy roziligi qolgan. Agar futbolchi taklifni qabul qilsa, u yaqin kunlarda rasman «Beshiktosh» futbolchisiga aylanadi.