Bugun
13
O'zbek

Argentina - jahon chempioni bo'lish uchun yarimfinalchilar ichida eng oxirgi da'vogar (Opta)

Futbol
12 iyul, 01:30
Asosiy favorit sifatida Fransiya milliy jamoasi ko'rsatilgan.
Argentina - jahon chempioni bo'lish uchun yarimfinalchilar ichida eng oxirgi da'vogar (Opta)
Foto: Getty Images

Opta superkompyuteri 2026 yilgi jahon chempionati yarimfinal o'yinlari oldidan musobaqa g'olibi qaysi jamoa bo'lishi bo'yicha yangilangan taxminini e'lon qildi.

Asosiy favorit sifatida Fransiya milliy jamoasi ko'rsatilgan. Desham shogirdlarining chempionlik ehtimoli 33,81 foizga baholanmoqda.

2-o'rinda Ispaniya (24,16%), 3-o'rinda Angliya (21,97%) qayd etilgan. Ro'yxatni Argentina 20,06 foizlik natija bilan yakunlab turibdi.

Ma'lumot o'rnida, birinchi yarimfinal bahsida Fransiya Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Keyingi kuni esa Argentina Angliya bilan final yo'llanmasi uchun bahs olib boradi.

Avvalroq argentinliklar favoritlar ro'yxatida 2-o'rinni egallab turgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

35+ izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar