Norvegiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Stole Solbakken 2026 yildagi jahon chempionati chorakfinal bosqichi doirasidagi Angliyaga qarshi o'yin (1:2)dan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yigitlar uchun juda afsusdaman, ammo oliy sportning eng shafqatsiz tomoni aynan shu. Braziliyaga qarshi o'yinda omad biz tomon edi, bugun esa aksincha bo'ldi.
Bugun bizga omad yetishmadi va ko'p narsa bizga qarshi edi. O'sha og'ir o'tgan 20 daqiqadan keyin yigitlarni maqtamaslikning iloji yo'q", — dedi Solbakken ko'z yoshlarini tiygan holda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi