Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi jahon chempionatlaridagi 10-assistini amalga oshirdi.
Alexis Mac Allister 2026 yildagi jahon chempionati chorakfinal bosqichi doirasidagi Argentina — Shveytsariya uchrashuvida Messining assistidan keyin gol urdi. «Liverpul» yarimhimoyachisi «Inter Mayami» futbolchisining burchak to'pdan oshirib bergan uzatmasini bosh bilan darvozaga yo'lladi.
Bu Lionelning jahon chempionatlari tarixidagi 10-golli uzatmasi bo'ldi. 39 yoshli futbolchi Misrga qarshi o'yin (3:2)da o'zi o'rnatgan rekordni yanada yaxshiladi. Messidan avvalgi rekord Diego Maradonaga tegishli bo'lib, u 8 ta assist amalga oshirgandi.
Qayd etilishicha, Messi o'zining jahon chempionatlaridagi barcha 10 ta assistini 10 nafar turli futbolchiga bergan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi