Argentina milliy jamoasi Shveytsariyaga qarshi bahs olib bormoqda. Jamoalar 2026 yilgi jahon chempionatining yarimfinal bosqichiga beriladigan soʻnggi yoʻllanma uchun kurashmoqda.
Ushbu bahs davomida jurnalistlar Lionel Messining bosh hakam Joau Pinerudaga aytgan gaplarini oshkor qildi.
«Menga toʻgʻri muomala qiling. Hurmat qilmaslik qilmang, men siz bilan hurmat bilan gaplashyapman», — deya hakamga murojaat qilgan Messi.
Argentina — Shveytsariya uchrashuvining asosiy vaqtida tomonlar 1:1 hisobida durang qayd etdi. Ayni vaqtda jamoalar qoʻshimcha boʻlimlarda oʻzaro kuch sinashmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi