Bugun
13
O'zbek

Alvares Argentina — Shveytsariya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
12 iyul, 00:20
Hujumchi ushbu o'yinda supergol muallifi bo'ldi.
Alvares Argentina — Shveytsariya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Foto: Getty Images
11.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 1 Shveytsariya Shveytsariya

2026 yildagi jahon chempionati 1/4 final bosqichi doirasida Argentina va Shveytsariya milliy jamoalari to'qnash keldi.

AQShning Kanzas-Siti shahrida bo'lib o'tgan bahsda argentinaliklar 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi esa Xulian Alvares bo'ldi. Hujumchi ushbu o'yinda supergol muallifi bo'ldi va qo'shimcha bo'limlarda jamoasining hisobda oldinga chiqib olishini ta'minladi.

Ma'lumot o'rnida, yarimfinalda Argentina milliy jamoasi Angliyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi AQShning Atlanta shahrida joylashgan «Mercedes-Benz Stadium» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Shveytsariya Shveytsariya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

45+ izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar